• eye Maxsus imkoniyatlar
Saylov to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi
22.12.2019
1638
Avval xabar qilganimizdek, Koson tumanidagi 229-saylov uchastkasida joriy saylovlarda ilk bor sinovdan o‘tkazilayotgan “DigID” (Digital Identifikation — raqamli identifikasiya) qurilmalari foydalanish uchun to‘liq shay holatga keltirilgan.

Mazkur biometrik identifikasiya qilish qurilmalarini o‘rnatishdan maqsad — ular yordamida nomzodlarga ovoz berishda saylovchilar ishtirokining xolisligiga erishish, jarayonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashdan iborat.

Joriy yilgi saylovlarda hayotga tatbiq etilayotgan yana bir yangilik 3 ta saylov uchastkasida saylov jarayonini videotranslyasiya qilish qurilmalari ishlab turadi. Bular Kitob tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 791-, Shahrisabz shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida tashkil qilingan 766- hamda Kasbi tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 324-saylov uchastkalaridir.

Mazkur uchastkalardagi ovoz berish jarayonlari Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyasiya qilinadi.