Joriy yilning 4 oktyabr kuni - Samarqand viloyatida COVID-19 pandemiyasi davrida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, xalq deputatlari viloyat Kengashi uchun 3 ta okrugda ya’ni Ishtixon tumanining 24-Mitan, Narpay tumanining 35-Mirbozor, Samarqand tumanining 50-Do‘stlik okruglarida hamda shahar va tuman Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun 13 ta okrugda ya’ni Kattaqo‘rg‘on shahrining 12-Iqtisodchilar okrugida, Jomboy tumanining 1-Xashdala, 6-Usmon Nosir, 7-Qo‘rg‘onsolomon, 20-Kattaqishloq , 25-Nurafshon, Oqdaryo tumanining 21-Qahramon okruglarida, Payariq tumanining 2-Dehqonobod okrugida, Pastdarg‘om tumanining 2-Mash’al, 4-Dustlik okruglarida, Narpay tumanining 17-Mustaqillik, 29-Tinchlik okruglarida, Urgut tumanining 10-Gʻijduvon okruglarida saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
MSK Matbuot xizmati