• eye Maxsus imkoniyatlar
Qirg‘iziston va O‘zbekiston MSK raislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
05.10.2020
1992
2020 yil 3 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasining raisi N. Shayldabekova  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M. Abdusalomov shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi X.Mirzaxidov bilan uchrashdi.

2020 yil 3 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasining raisi N. Shayldabekova  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M. Abdusalomov shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi X.Mirzaxidov bilan uchrashdi.

Uchrashu davomida N. Shayldabekova ushbu parlament saylovlarining qiyin epidemiologik vaziyatdagi o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tdi.

«Umid qilamizki, biz fuqarolarimizning sog‘lig‘i uchun saylovlarni xavfsiz o‘tkazamiz va shu bilan birga demokratik, erkin saylovlarning barcha standartlariga rioya qilamiz, fuqarolarning saylov huquqlaridan foydalanishni ta’minlaymiz. Bu masalada Qirg‘iziston hukumati katta yordam ko‘rsatmoqda, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov komissiyalariga yordam berish uchun shtab tashkil etildi. Mazkur shtab  MSK bilan birgalikda har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda saylovning barcha bosqichlarida zarur epidemiologik xavfsizlik algoritmlarini ishlab chiqdi », dedi Nurjan Shayldabekova.

Uchrashuvda tomonlar xalqaro saylov amaliyoti, shuningdek Qirg‘izistondagi saylov kampaniyasi davrida korrupsion va huquqbuzarlik xolatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qonunchilikni takomillashtirish va inklyuzivlikni oshirish jarayonida ayollarning deputatlik mandatlari va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun saylov huquqlari kafolatlarini ro‘yobga chiqarish ishtirokini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rahbari Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga saylovlarni o‘tkazishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Qirg‘iziston Respublikasi MSK
Axborot bo‘limi