• eye Maxsus imkoniyatlar
Andijon viloyatida ham bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi
08.10.2020
1466
Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Andijon viloyatida ham Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga  saylovlar bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan mazkur saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida viloyatda kizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Viloyatda jami viloyat kengashiga saylov o‘tkazuvchi Andijon tumanida joylashgan “59 - Xokon” saylov okrugi tarkibida jami 12 ta hamda Jalaquduq tumanida joylashgan “39 - Jalaquduq” saylov okrugi tarkibida jami 14 ta uchastka saylov komissiyalari, shuningdek, viloyatning Asaka tumani hududida 3 ta, Bo‘ston tumani hududida 1 ta, Jalaquduq tumanida 4 ta, Marhamat tumanida 1 ta, Xo‘jaobod tumanida 4 ta, umumiy holatda viloyat bo‘yicha jami 39 ta saylov uchastkalarida viloyat, tuman (shahar) kengashlari bo‘shab qolgan o‘rinlariga deputatlik saylovi o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Unda mavjud aholining 87 785 nafar saylov yoshidagi fuqarolari saylovda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Barcha tashkil qilingan okrug va uchastka saylov komissiyalari hozirgi kunda saylov o‘tkazish uchun shay holatga keltirilgan.

Bo‘lib o‘tadigan saylovlarni Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan me’yorlarga muvofiq, shuningdek, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazishga alohida eьtibor qaratilgan. Jumladan, har bir uchastka saylov komissiyasida saylovchilar va saylov tashkilotchilarini himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni kasallik yuqtirib olishini oldini olishga qaratilgan chora - tadbirlar belgilangan.