• eye Maxsus imkoniyatlar
Andijon viloyatida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar boshlandi
11.10.2020
1476
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Andijon viloyatida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar boshlandi.

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Andijon viloyatida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Andijon viloyatida ham Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan:

11 oktyabr kuni viloyat Kengashida bo‘shab qolgan 2 ta Andijon tumanidagi “59-Xokon” (12 ta saylov uchastka) hamda Jalaquduq tumanidagi “39-Jalaquduq” (14 ta saylov uchastka) saylov okruglari uchun, shuningdek, viloyatning Asaka tumanida “19-Qo‘ng‘irot” (3 ta saylov uchastka), Bo‘ston tumanida “2-Do‘stlik” (1 ta saylov uchastka), Jalaquduq tumanida “2-So‘fiqishloq” (2 ta saylov uchastka) hamda “30-J.Olamushuk” (2 ta saylov uchastka), Marhamat tumanida “14-Dexqonobod” (1 ta saylov uchastka), Xo‘jaobod tumanida “2-Qayrag‘och” (1 ta saylov uchastka),“10-Shaxrihonsoy” (1 ta saylov uchastka), “18-Xamza” (1 ta saylov uchastka) hamda “24-To‘raobod” (1 ta saylov uchastka) umumiy xolatda viloyat bo‘yicha jami 46 ta saylov uchastkalarida viloyat, tuman Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlariga deputatlik saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 25 oktyabr kuni Andijon shahar Kengashida bo‘shab qolgan “28-Mehnat” (3 ta saylov uchastka) hamda “30-Jalabek” (4 ta saylov uchastka) saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlar o‘tkaziladi.

Bo‘lib o‘tadigan saylovlarda mavjud aholining 103 ming 168 nafar saylov yoshidagi fuqarolar ishtirok etish huquqiga egadirlar. Barcha tashkil qilingan okrug va uchastka saylov komissiyalari xozirgi kunda saylov o‘tkazish uchun shay xolatga keltirilgan.

Bo‘lib o‘tadigan saylovlarni Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan me’yorlarga muvofiq, shuningdek, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazishga alohida eьtibor qaratilgan. Jumladan, xar bir uchastka saylov komissiyasida saylovchilar va saylov tashkilotchilarini himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni kasallik yuqtirib olishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan. Shuningdek, har bir okrug va saylov uchastkalariga qo‘shimcha ravishda Davlat Sanitariya osoyishtalik markazi hamda tibbiyot hodimlari biriktirilgan.