
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylovlar o‘tkazilmoqda.
Hususan, xalq deputatlari viloyat Kengashi uchun 3 ta okrugda 1-Jomiy (Farg‘ona shahar), 30-Xonobod (Yozyovon tumani), 40-Paxtakor (Qo‘shtepa tumani) okruglarida va tuman, shahar Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlari uchun 13 ta okrugda ya’ni Marg‘ilon shahrining 4-Do‘stlik, 23-Yovqochar, Quvasoy shahrining 15-Ziynat, Qo‘qon shahrining 10-Isfara guzari, 19-Saodat, Dang‘ara tumanining 26-Taptiqsaroy, Yozyovon tumanining 10-Soybo‘yi, 30-Yangiobod, Oltiariq tumanining 23-Galasoy, Qo‘shtepa tumanining 4-Qumtepa, 12-Qo‘rg‘oncha, Rishton tumanining 16-Qayrag‘och, So‘x tumanining 10-Obishir, 15-Demursad, 23-Tul, 25-Gʻaznov, Toshloq tumanining 21-Nayman, Farg‘ona tumanining 26-Xuroba saylov okruglarida saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
Saylovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “COVID-19 pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 1033-sonli qaroriga asosan bo‘lib o‘tmoqda. Saylovlar pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgani sababli, barcha saylov uchastkalariga tibbiyot xodimlari, jamoat tartibini va xavfsizligini saqlash uchun masullar biriktirilgan.
Saylov jarayonlari soat 8-00 dan kechki soat 20-00 ga qadar davom etadi.