• eye Maxsus imkoniyatlar
Marg‘ilonliklar ham saylovlarda ishtirok etishmoqda
11.10.2020
1360
Bugun shuningdek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 4-Do‘stlik hamda 23-Yovqochar saylov okruglaridagi mavjud 650, 651 hamda 618-saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur siyosiy jarayonda ishtirok etayotgan aholining salomatligini muhofaza qilishga asosiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, har bir ovoz berish uchun kelgan fuqaro binoga kirishda tana harorati o‘lchanib, yangi tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlanib, antiseptik vosita bilan ishlov berilgandan so‘ng ovoz berish jarayoniga o‘tmoqda.

Ovoz berish jarayonlari o‘tkaziladigan binolarda saylovchilar kelib ketgandan dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.