• eye Maxsus imkoniyatlar
Qo‘qon shahridagi 2 ta saylov okrugida shahar Kengashi deputatlari saylovi o‘tkazilmoqda
11.10.2020
1387
Bugun O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining tegishli qaroriga asosan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga 10-"Isfara guzar" va 19-"Saodat" saylov okruglarida deputatlar saylovi o‘tkazilmoqda.

Saylovlar Qo‘qon shahrining 19, 26, 33-maktablarida joylashgan 156, 187, 163, 142-saylov uchastkalarida, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan xolda, uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Saylovlarda mamlakatimizning 5 ta partiyasidan bittadan nomzod ko‘rsatilgan bo‘lib, saylov uchastkalarida shahar saylov komissiyasi vakillaridan tashqari har bir nomzod nomidan bittadan vakolatli vakil va kuzatuvchi ishtirok etmoqda.