• eye Maxsus imkoniyatlar
Emomali Rahmon 90,92 foiz ovoz to‘plab, Tojikiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi
12.10.2020
1546
Joriy yilning 12 oktyabr kuni Tojikistonning Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi tomonidan xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar hamda OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Komissiya raisi Baxtiyor Xudoyorzoda 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Tojikistonning Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi tomonidan xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar hamda OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Komissiya raisi Baxtiyor Xudoyorzoda 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilganidek, saylovlarda Tojikiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federasiyasi, Tojikiston yoshlar ittifoqi va Tojikiston Xalq Demokratik partiyasidan nomzod Emomali Rahmon 90,92 foiz ovoz to‘plab, Tojikiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda 68 ta saylov okrugi va 3375 ta saylov uchastkasi, xorijda esa 39 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylovchilarning umumiy soni 4 943 289 nafar, birinchi marta ovoz bergan saylovchilar soni 105 399 nafarga teng bo‘ldi.

"Ovozlarni sanashning dastlabki natijalariga ko‘ra, 2020 yil 11 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti saylovida  4 million 221 ming 076 saylovchi yoki 85,39% ishtirok etdi", - deya qo‘shimcha qildi Markaziy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzoda.

"Xovar" MAA muxbirining xabar berishicha, 127 ming 746 nafar saylovchi Tojikiston Agrar partiyasidan nomzod - partiya raisi Rustam Latifzodani, 90 ming 587 nafar saylovchi Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan nomzod - partiya raisi Rustam Rahmatzodani, 49 ming 212 nafar saylovchi Tojikiston Kommunistik partiyasidan nomzod Miroj Abdulloevni qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, 62 ming 835 nafar saylovchi Tojikiston Sosialistik partiyasidan nomzod - partiya raisi Abduhalim Gʻafforovga, 3 million 837 ming 927 nafar saylovchi Tojikiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod - Emomali Rahmonga o‘z ovozini bergan.