• eye Maxsus imkoniyatlar
MSKning doimiy a’zosi Gulnoza Rahimovaga "MDH BPMKga 25 yil" esdalik yubiley medali topshirildi
16.10.2020
1617
Bugun Markaziy saylov komissiyasida MSKning doimiy a’zosi Gulnoza Rahimovaga "MDH BPMKga 25 yil" esdalik yubiley medalini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Markaziy saylov komissiyasida MSKning doimiy a’zosi Gulnoza Rahimovaga "MDH BPMKga 25 yil" esdalik yubiley medalini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari E.Yo‘ldoshev yubiley medalini topshirishda, MDH Bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashi raisining 2020 yil 5 avgustdagi qaroriga binoan ushbu mukofot Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo davlatlar hududida qonuniylik va huquq tartibotini ta’minlashda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga katta shaxsiy hissa qo‘shgan prokuratura organlari xodimlari sazovor bo‘lganligini ta’kidladi.

Tadbirda MSK raisi M.Abdusalomov, MSK a’zolari, MSK kotibiyatining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

MSK matbuot xizmati