2020 yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylovlar mamlakatda butun mustaqillik tarixidagi to‘rtinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentlik saylovlari bo‘ladi. Davlat rahbari mutlaq ko‘pchilikning ikki bosqichli timizi asosida saylanadi. Agar birinchi bosqichda biron bir nomzod 50 foizdan ortiq ovozni ololmasa, ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ikkinchi bosqich tashkil etilsa u 15 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Moldova Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi quyidagi nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
1.Renato Usatыy -"Bizning partiyamiz"siyosiy partisi
2.Andrey Nestase - “DA Platformasi” partiyasi
3.Tudor Deliu - Liberal-demokratik partiyasi
4.Irog Dodon - Mustaqil nomzod (amaldagi prezident)
5.Violetta Ivanova - “Shor” partiyasi
6.Mayya Sandu - “Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS)
7.Oktavian Sыku - “Milliy birlik” partiyasi
8.Dorin Kirtoake - “UNIREA” saylov bloki
Ovoz berish kuni jami 2143 ta saylov uchastkalar ochiladi. Ularning 139 tasi xorijda, 42 ta saylov uchastkasi esa Sharqiy Yevropadagi Dnestr ko‘lining chap qirg‘og‘ida joylashgan.
Saylovchilarning davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning umumiy soni 3 million 287 ming 140 nafarga teng.
Markaziy saylov komissiyasi xorijda ovoz beruvchi saylovchilar uchun davlat tilida 467,6 ming va rus tilida 88,4 mingta jami 556 mingta byulleten chop etadi.
Moldova Respublikasi hududida kamida 10 yil yashagan yoki yashayotgan, 40 yoshga to‘lgan, davlat tilini biladigan va ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin.
So‘nggi marta Moldovada davlat rahbari 2016 yil oxirida saylangan. unda sosialistlar partiyasidan nomzod Igor Dodon saylovlarda g‘olib chiqgan edi.