• eye Maxsus imkoniyatlar
Bo‘shab qolgan o‘rinlar bo‘yicha xalq deputatlari mahalliy kengashlarga o‘tkazilgan saylovlar haqida axborot
21.10.2020
1736
2020 yil COVID-19 Pandemiyasi butun dunyoda barcha sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, saylov jarayonlari bilan bog‘liq munosabatlar ham bundan mustasno emas. Biroq, so‘nggi bir necha oy davomida, pandemiya sharoitiga qaramay saylov va referendumlarda ovoz berish jarayonlari ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.

2020 yil COVID-19 Pandemiyasi butun dunyoda barcha sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, saylov jarayonlari bilan bog‘liq munosabatlar ham bundan mustasno emas. Biroq, so‘nggi bir necha oy davomida, pandemiya sharoitiga qaramay saylov va referendumlarda ovoz berish jarayonlari ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.

2020 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, mahalliy Kengashlar, shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, tuman va shahar Kengashlari bo‘yicha deputatlik o‘rinlari turli sabablarga ko‘ra bo‘shagan. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli “COVID-19 Pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga  deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yil 20 sentyabrdan e’tiboran mahalliy Kengashlardagi  bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovlari o‘tkazildi.

Jumladan, 20 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bo‘yicha 5 ta, shahar va tumanlar Kengashlariga 9 ta saylov okrugida, 27 sentyabr kuni Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi shahar va tuman Kengashlari bo‘yicha 31 ta saylov okrugida, 4 oktyabr kuni Buxoroda 8 ta, Jizzaxda 4 ta, Namanganda 1 ta, Samarqandda 16 ta, Sirdaryoda 4 ta, Qashqadaryoda 13 ta, Xorazmda 1 ta saylov okruglarida, 11 oktyabr kuni Andijon viloyatida 13 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta,   Farg‘onada 21 ta saylov okruglarida, 18 oktyabr kuni Navoiy viloyatida 4 ta, Namangan viloyatida 3 ta, Surxondaryo viloyatida 11 ta, Toshkent viloyatida   2 ta saylov okruglarida  xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Saylovlar oldidan  barcha hududlarda viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, okrug va uchastka saylov komissiya raislari va a’zolari, shuningdek, aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan onlayn seminarlar  o‘tkazildi. Unda saylovlarni O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Saylovlarni o‘tkazishda saylovchilar va saylov tashkilotchilari kasallik yuqtirib olishining oldini olish maqsadida saylov tadbirlari sanitariya-epidemiologik va tibbiy nuqtai nazardan xavfsizlik talablariga to‘la amal qilgan holda amalga oshirildi.

Xususan, saylovlarga tayyorgarlik davomida  MSK qarori talablariga asosan saylovlar tashkilotchilari va qatnashchilarini Koronovirus kasalligini yuqtirib olishlarini oldini olish maqsadida sanitariya karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Barcha qatnashchilar himoya vositalari va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlandi.

O‘tgan vaqt davomida 5 nafar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi va 15 nafar viloyatlar Kengashi deputatlari, 129 nafar xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari saylandi.

Shuningdek, 25 oktyabr kuni Andijon viloyatida 2 ta, Surxondaryoda 1ta, Namanganda 4 ta  saylov okruglarida xalq deputatlari shahar va tuman kengashi deputatlari saylovi o‘tkaziladi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlar bo‘yicha kelgusida noyabr oyida Toshkent viloyatida 2ta, Qashqadaryoda 4 ta saylov okruglarida xalq deputatlari shahar va tuman Kengashi deputatilarining saylovlarini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fuqarolarning sog‘lig‘i uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan hozirgi sharoit saylovlarni o‘tkazishda maxsus chora-tadbirlarni qabul qilish (ijtimoiy masofani saqlash, sanitariya choralari va cheklovlar, saylov komissiyalari a’zolarini onlayn o‘qitish va boshqalar) hamda yangi qonun qoidalarni joriy etishni taqozo etadi.

Shundan kelib chiqqan holda, Toshkent shahridagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Toshkent shahar maxsus komissiyasi bo‘shab qolgan saylov okruglari hududlari kasallik aniqlanishi bo‘yicha qizil zonaga kirishini hisobga olib, saylovlarni hududda epidemiologik vaziyat osoyishtaligi yo‘lga qo‘yilgandan keyin o‘tkazishni belgilash bo‘yicha qaror qabul qilgan. Shu sababli bugungi kunga qadar Toshkent shahridagi bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlar xozircha o‘tkazilmagan.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati