• eye Maxsus imkoniyatlar
2020-yil 31-oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
22.10.2020
1770
31 oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ularda 48 ta partiya va ikkita blok ishtirok etadi. Saylovlarda Gruziya fuqarolari 150 nafar deputatni saylaydi.  Gruziyada birinchi marta saylovlar yangi aralash tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tadi - 120 ta deputat proporsional, 30 nafari esa majoritar tizimiga ko‘ra saylanadi. Saylovoldi kampaniyasi joriy yilning 1 sentyabr kuni rasman boshlandi, saylovda qatnashish uchun 66 sub’yekt ro‘yxatdan o‘tkazildi

Bugungi kunga kelib, Gruziya Markaziy saylov komissiyasi 89 ta mahalliy va 20 ta xalqaro tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi, ular mamlakatdagi saylovlarni kuzatib boradilar. Saylovlar pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgani sababli, Gruziya MSKsi saylovchilar, komissiya a’zolari, xalqaro kuzatuvchilar va OAV vakillari uchun maxsus qoidalarni ishlab chiqdi. Unga ko‘ra komissiya a’zolari, kuzatuvchilar va OAV vakillari saylov uchastkalariga kirishidan oldin ularning tana harorati o‘lchanadi, qo‘llariga dezinfiksiya ishlovi beriladi va maska taqiladi. Komissiya a’zolari shuningdek, qo‘shimcha tibbiy himoya niqoblari (shitlarda) hamda  qo‘lqoplarda bo‘lishadi.

Saylov uchastkalariga kirish oldidan dezinfeksion to‘siqlar, suyuqliklar va koronovirus aniqlangan taqdirda masadli choralar ko‘rish haqidagi axborotlar bo‘ladi. Ovoz berish kabinalari yopiq ovoz berish va sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq amal qilinishi ta’minlangan holda jihozlanadi va o‘rnatiladi. Saylovchilar uchun talablar oddiyroq bo‘ladi – ularning harorati o‘lchanmaydi, shunchaki tibbiy niqob va qo‘lqop beriladi.