Xalq deputatlari Pop tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Xalq deputatlari Pop tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘yicha ovoz berish jarayoni yuzasidan monitoring qilib borilmoqda.
1. Jami saylovchilar soni – 21311 tani tashkil etmoqda.
Shundan 8 ta saylov uchastkalarida ovoz berish boshlangan. Dastlabki natijalarga ko‘ra, jami saylovchidan 6623 nafari (31,1%) saylovda ishtirok etmoqda.
Saylovchilar eng ko‘p ishtirok etgan hududlar: 343-saylov uchastkasida (35,6%) 900 ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 631-uchastka saylov komissiyasida saylovchilarning ishtiroki (26,0%) 726 ga nisbatan pastni tashkil etdi.
2. Saylov jarayonlarida jami 8 nafar mahalliy kuzatuvchi ishtirok etib, ular tomonidan 4 ta okrug saylov komissiyasi va 8 ta uchastka saylov komissiyasi o‘rganilmoqda.
Shuningdek, ushbu saylovlarni tuman OAV vakillari hamda blogerlar kuzatib borishmoqda.
3. Saylov qonunchiligining buzilishi holatlari yuzasidan:
Qonun buzilishi holatlari yuzasida prokuratura va sud organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat kelib tushmadi. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda salbiy holatlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirish holatlari aniqlanmadi.
4. Ovoz berish jarayonida kamchiliklar aniqlanmadi.
Saylovlar 20:00 ga qadar davom etadi