• eye Maxsus imkoniyatlar
Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
31.10.2020
1584
Gruziyada navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu safar saylov tizimi o‘zgardi. 120 nafar deputat proporsional, 30 nafari esa mojaritar ovoz berish usulida saylanadi.  2016 yilgi saylovlarda 77 deputat proporsional, 73 tasi mojaritar ovoz berish usulida saylangan edi.

Gruziyada navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu safar saylov tizimi o‘zgardi. 120 nafar deputat proporsional, 30 nafari esa mojaritar ovoz berish usulida saylanadi.  2016 yilgi saylovlarda 77 deputat proporsional, 73 tasi mojaritar ovoz berish usulida saylangan edi.

Bu yil parlament tomonidan tasdiqlangan yangi saylov tizimi saylov sub’yektlari uchun kirish to‘sig‘ini 5% dan 1% gacha tushirdi. Bu galgi saylovlarda g‘olib chiqqan partiya 40 foizdan ko‘proq ovoz olgan taqdirdagina hukumat tarkibini tuzishi mumkin.

Gruziyadagi parlament saylovlarida 48 siyosiy partiya va ikkita saylov bloki ishtirok etmoqda. Markaziy saylov komissiyasining xabar berishicha  3.526.023 saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan, shu jumladan 14 170 nafar saylovchi xorijda tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz beradi. Gruziya hududida jami 3657 saylov uchastkasi, bundan tashqari 38 mamlakatda 52 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.

127 saylov uchastkasi maxsus tashkil etilgan. Kasalxonalarda, maxsus mehmonxonalarda, uyda va karantinda davolanayotgan koronavirus bilan kasallangan fuqarolar uchun ko‘chma qutilar yordamida ovoz berish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu saylov uchastkalarida  jami 10 ming 845 nafar fuqaro ovoz berish jarayonlarida ishtirok etadi.

Markaziy saylov komissiyasining ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasi sharoitida saylov uchastkalarida ovoz berish shifokorlarning tavsiyalariga binoan amalga oshirilmoqda.

Gruziyadagi parlament saylovlarini 48 ta xalqaro (910 kuzatuvchi) va 130 dan ortiq mahalliy (47 mingga yaqin kuzatuvchi) tashkilotlar kuzatib bormoqda.

Shuningdek, 31 oktyabr sanasida Gruziya parlament saylovlari bilan bir vaqtda Ajariya avtonom respublikasi Oliy Kengashiga ham saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.