Sport xodimlarni yaxshi ishlashga undaydi. Ayniqsa jamoa bo‘lib sport bilan shug‘ullanish sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi hamda xodimlarning salomatligi va kayfiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Xozirgi kunda barcha tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy himoyasi, qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyati va jismoniy salomatligiga alohida etibor bermoqda.
Jumladan Markaziy saylov komissiyasi ham korporativ sport ma’daniyatini rivojlantirish va tadbirlarini tashkil etishni qo‘llab quvvatlaydi. Xususan komissiya tomonidan xaftaning xar shanba kuni futbol musobaqalarini tashkillashtirish va sportning boshqa mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish joriy qilindi.
Futbol - inson tanasini sog‘lomlashtirishga xizmat qilish bilan birga jamoada ichki muhitni yaxshilaydi. Mashg‘ulotlar zalida shug‘ullanish esa mehnat sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi. Muhimi, bunday mashg‘ulotlar barcha sport turlari orasida qiziqarli va qulayidir. Buning uchun juda ko‘p energiya sarflashning hojati yo‘q. Mehnat samaradorligiga ijobiy ta’siri esa juda yuqori.