• eye Maxsus imkoniyatlar
“Saylov – 2019: yutuqlar, muammolar, takliflar” nomli risola nashrdan chiqarilmoqda
03.11.2020
1782
Avval xabar berganimizdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Saylov – 2019: yutuqlar, muammolar, takliflar”  nomli risola ishlab chiqildi. Mazkur risola joriy yilning 28 oktyabr  kuni Markaziy saylov komissiyasining onlayn tarzida bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘rib chiqildi hamda nashrga berildi.

Avval xabar berganimizdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “Saylov – 2019: yutuqlar, muammolar, takliflar”  nomli risola ishlab chiqildi. Mazkur risola joriy yilning 28 oktyabr  kuni Markaziy saylov komissiyasining onlayn tarzida bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘rib chiqildi hamda nashrga berildi.

Ushbu Axborot O‘zR MSK tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi ko‘magida 2020 yil fevral oyida tashkil etilgan “Saylovdan olingan saboqlar” hududiy dasturi asosida ishlab chiqilgan.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan risola 5 ta bo‘lim, 24 ta bobdan iborat bo‘lib, unda 2019 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy vakillik organlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish bilan bog‘liq bosqichlar batafsil tahlil qilingan. Shu bilan birga risolada erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘rin olgan.

Risolada shuningdek, mazkur saylov jarayonlarida ilk marotaba sinov shaklida qo‘llanilgan yangi tajriba va saylovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ham o‘z aksini topdi.

Ta’kidlash joiz, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish samaradorligi masalalarini muhokama qilish maqsadida barcha hududlarda saylov jarayonining tashkilotchilari va ishtirokchilari, shu jumladan barcha darajadagi saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jalb qilingan davlat idoralari vakillari ishtirokida 14 ta “davra suhbatlari” tashkil etildi.

Muhokamalar saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jaryonida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, shuningdek saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini berdi va ular risolaga kiritildi.

O‘zR MSK milliy, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarning tavsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, va ular mazkur Axborot bilan birga saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi choralarni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Axborotning elektron shakli bilan Markaziy saylov komissiyasining rasmiy-veb saytidagi quyidagi  havola orqali  tanishishingiz mumkin.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati