• eye Maxsus imkoniyatlar
Ko‘zi ojiz saylovchilar uchun yashirin ovoz berish kabinalarida audio qurilma o‘rnatish taklif etilmoqda
05.11.2020
1833
2019 yilnin dekabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida saylovchilar ro‘yxatiga jami 630 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxs, shu jumladan, 61 mingga yaqini ko‘zi ojiz fuqaro kiritildi. Shu nuqtai nazardan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda qatnashish huquqini ro‘yobga chiqaradigan inklyuziv saylovlarni o‘tkazish masalasi dolzarb vazifaga aylandi.

2019 yilnin dekabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida saylovchilar ro‘yxatiga jami 630 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxs, shu jumladan, 61 mingga yaqini ko‘zi ojiz fuqaro kiritildi. Shu nuqtai nazardan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda qatnashish huquqini ro‘yobga chiqaradigan inklyuziv saylovlarni o‘tkazish masalasi dolzarb vazifaga aylandi.


Shu maqsadda, MSK tomonidan 2019 yil 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Nogironlar, Ko‘zi ojizlar va Karlar jamiyatlari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.


MSK tomonidan saylov komissiyalari tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslarni kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi. Natijada, Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi OSKlarning tarkibida 57 nafar (3,5%), QR Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi OSKlarning tarkibida 244 nafar (3,1%), tuman, shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi OSKlarning tarkibida 1 516 nafar (2,8%) va USKlar tarkibida 2 341 nafar (2,1%) nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritdilar.


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqlarini ta’minlashga doir MSKning alohida qarori qabul qilindi va unga asosan “Saylovlarda teng imkoniyatlar!” shiori ostida saylovlarni tashkil etish borasidagi tashabbus ma’qullandi.
Mazkur tashabbus doirasida deyarli barcha saylov uchastkalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlangan ovoz berish kabinalari, panduslar bilan ta’minlandi va bino ichida erkin harakatlanish uchun sharoitlar yaratildi, nogironligi bo‘lgan saylovchilarning turgan joylarida ovoz berish tashkil etildi, caylovoldi tashviqotiga oid teleko‘rsatuvlar imo-ishora tili va subtitr yozuvida berib borildi.


Saylov byulletenlariga moslangan Brayl yozuvidagi uch xil shakldagi trafaretlar ishlab chiqilib, saylov uchastkalariga yetkazildi. Brayl alifbosi asosida tayyorlangan uch turdagi trafaretlarda, uning ichiga solinadigan saylov byulleteni qaysi saylovga oidligi haqida yozuv bilan cheklangan va tegishli okrug bo‘yicha nomzodlar haqida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan. Nomzodlar haqidagi ma’lumotlar USK a’zolari tomonidan og‘zaki ravishda tanishtirilishi lozimligi haqidagi tartib ayrim ko‘zi ojiz saylovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. 


Saylovlar bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha o‘tkazilishi sababli, Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov bo‘yicha barcha okrug bo‘yicha jami 6 720 xil saylov byulletenlari chop etildi va aynan shu miqdorda Brayl alifbosi asosidagi trafaretlar nashr qilinishi maqsadga muvofiq deb topilgan edi.


Biroq, saylov kampaniyasidagi muddatlar va maxsus trafaretlar ishlab chiqaruvchi korxonalar cheklanganligi sababli, 6 720 ta har biri turlicha mazmunda, deputatlikka nomzodlar haqidagi aniq ma’lumotlari ko‘rsatilgan Brayl alifbosi asosidagi saylov byulletenlarini chop etish imkoni yo‘q edi.


Markaziy saylov komissiyasi saylovlarda teng huquqlilik tamoyilini ta’minlash maqsadida ko‘zi ojiz saylovchilar uchun yashirin ovoz berish kabinalarida nomzodlar haqidagi ma’lumot bilan tanishtiruvchi audio qurilma o‘rnatish,  Brayl alifbosi asosidagi trafaretlarni takomillashtirishni taklif etmoqda.