• eye Maxsus imkoniyatlar
Moldovada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ayol nomzod peshqadamlik qilmoqda
16.11.2020
1754
Avval xabar berganimizdek joriy yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakat prezidenti lavozimi uchun sakkiz nafar nomzod “Bizning partiyamiz”siyosiy partiyasidan Renato Usaty, “DA Platformasi” partiyasidan Andrey Nestase, Liberal-demokratik partiyasidan Tudor Deliu, Mustaqil nomzod (amaldagi prezident) Igor Dodon, “Shor” partiyasidan Violetta Ivanova, “Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS)dan Mayya Sandu, “Milliy birlik” partiyasidan Oktavian Sku va  “UNIREA” saylov blokidan Dorin Kirtoakelar kurash olib bordilar.

Nomzodlarning hech biri 50% dan ortiq ovoz olmaganligi sababli, 15-noyabr kuni mamlakatda saylovlarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda saylovchilarning eng ko‘p ovozlarini egallashga muvaffaq bo‘lgan  “Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS)dan nomzod Mayya Sandu - 36,16% hamda Mustaqil nomzod (amaldagi prezident) Igor Dodon - 32,61% saylovlarning ikkinchi turida kurash olib bordi.

Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichidagi byulletenlarni deyarli 100 foizini hisoblash natijalariga ko‘ra sobiq bosh vazir Mayya Sandu peshqadam bo‘lib turibdi: u 57 foiz ovozga ega. Amaldagi davlat rahbari Igor Dodon 43 foizga ega.

Moldova Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, saylovlarning ikkinchi turida mamlakat bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 52,58 foizi ovoz berishda ishtirok etgan. Birinchi turda bu ko‘rsatgich atigi 42,73 foizni tashkil etgan. Xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida 250 mingga yaqin Moldova fuqarolari bo‘lmish saylovchilar ovoz bergan.

Shunday qilib, ikkinchi bosqich yakunlariga ko‘ra Moldova prezidentligiga nomzodlar qo‘lga kiritgan ovozlar natijalari quyidagicha aks etdi:

Mayya Sandu (“Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS) rahbari) - 57% ovoz;

Igor Dodon (Mustaqil nomzod, amaldagi prezident) - 43% ovoz.

Ma’lumot o‘rnida Moldovada prezident 4 yillik muddatga saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati