• eye Maxsus imkoniyatlar
Andijonda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
29.11.2020
1390
Bugun 29 noyabr kuni Andijon viloyatidagi Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining 3-Askar hamda Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining 17-Markaz saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Saylovlar Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan me’yorlarga muvofiq, shuningdek, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazilishiga alohida eьtibor qaratilmoqda.

Xar bir uchastka saylov komissiyasida saylovchilar va saylov tashkilotchilarini himoya vositalari bilan ta’minlanib, ularni kasallik yuqtirib olishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga belgilangan tartibda amal qilinmoqda.