O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov boshchiligidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning ikkinchi yarimida amalga oshirilgan ishlar atroflicha sarhisob qilinib, erishilgan yutuq va kamchiliklar tanqidiy tahlildan o‘tkazildi. Ularni barataraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Yil yakuniga qadar qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati