• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi
01.12.2020
2615
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Hasan Odilovich Abdurahmonov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining rahbari etib tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Hasan Odilovich Abdurahmonov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining rahbari etib tayinlandi. 

Hasan Abdurahmonov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori. 

Bungacha Hasan Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Markaziy saylov komissiyasi
matbuot xizmati