• eye Maxsus imkoniyatlar
Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi
01.12.2020
2339
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Ixtiyor Baxtiyorovich Xadjiyev Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.  

Ixtiyor Xadjiyev 1990 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida  tug‘ilgan. Qoraqalpoq davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Huquqshunos, 3-darajali yurist.

Bungacha u Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Devonxona bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Markaziy saylov komissiyasi
matbuot xizmati