• eye Maxsus imkoniyatlar
Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi
04.12.2020
2955
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Avazbek Azimovich Kodirov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i  etib tayinlandi.

Avazbek Kodirov 1971 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan.  Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Ikkinchi darajali adliya maslahatchisi.

Bungacha Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Markaziy saylov komissiyasi
matbuot xizmati