• eye Maxsus imkoniyatlar
Ruminiya: parlament saylovlarining dastlabki natijalari
07.12.2020
1766
Joriy yilning 6 dekabr kuni Ruminiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritilgan 18 million fuqaro 136 senator va 329 nafar deputatni sayladi.

Joriy yilning 6 dekabr kuni Ruminiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritilgan 18 million fuqaro 136 senator va 329 nafar deputatni sayladi.

Ruminiya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylov byulletenlarining 95 foizi qayta ishlaganidan so‘ng muxolifatdagi Sosial-demokratik partiya parlament saylovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Sosial-demokratlar (PSD) 29,8%, hukmron Milliy liberal partiya (PNL) 25,11%, Ruminiya Najot ittifoqi - Ozodlik, Birlik va Hamjihatlik Partiyasi (USR-PLUS) 14,5 foiz ovoz olgan.

Pandemiya sababli Ruminiyaning an’anaviy saylov jarayoniga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra,  bino ichida ko‘pi bilan 20 kishi, tashqarida esa 50 kishi to‘planishi mumkin bo‘ldi. Shuningdek, saylovchilar niqobni majburiy taqishi, haroratni o‘lchash va masofani saqlash bilan bir qatorda, o‘z  shaxsinini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishlari lozim edi.

Mamlakat Parlamenti Senat va Deputatlar palatasidan iborat. Parlament a’zolari to‘rt yil muddatga saylanadi. Ovoz berish partiya ro‘yxatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati