• eye Maxsus imkoniyatlar
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti lavozimiga 18 nafar nomzod ro‘yxatga olindi
14.12.2020
2938
2020 yil 12 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasi mamlakat prezidenti lavozimiga quyidagi 18 nafar nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazdi: 

2020 yil 12 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasi mamlakat prezidenti lavozimiga quyidagi 18 nafar nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazdi: 

1. Madumarov Adaxan Kimsanbayevich;
2. Abdldayev Arstanbek Beyshenaliyevich;
3. Isayev Kanatbek Kedeykanovich;
4. Tagayev Rashid Bakirovich;
5. Bayguttiyev Jenishbek Seytbekovich;
6. Sooronkulova Klara Sыrgakbekovna;
7. Kasenov Aymen Abdыtalipovich;
8. Arstanbek Mыktыbek;
9. Kalmamatov Baktbek Orozaliyevich;
10. Tashov Imamidin Asamidinovich;
11. Asanov Kursan Satarovich;
12. Imanaliyev Kanыbek Kapashovich;
13. Djeyenbekov Ravshan Babrbekovich;
14. Abakirov Eldar Kurmanbekovich;
15. Kochkorov Ulukbek Toychubayevich;
16. Tolbayev Babrjan Latixanovich;
17. Segizbayev Abdil Keneshevich;
18. Japarov Sadr Nurgojoyevich.
 
"Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti va Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari saylovlari to‘g‘risida"gi konstitusiyaviy qonunga muvofiq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlar qonun hujjatlarida talab etilgan o‘z nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risidagi ariza, davlat tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi guvohnoma, 1 million so‘m miqdorida saylov garovi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat, nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi 30 mingdan kam bo‘lmagan saylovchilarning imzosi va nomzod to‘g‘risidagi biografik ma’lumot shaklini taqdim etishlari lozim.

Ishchi guruhning o‘rganish natijalariga ko‘ra, barcha nomzodlar tomonidan to‘plangan saylovchilarning 30 mingta imzosi haqiqiy deb topilgan. Shundan kelib chiqib, Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan 18 nafar nomzodga guvohnomalar topshirdi.

Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, mamlakatda prezident vazifasini bajaruvchi Talant Mamitov tomonidan Qirg‘izistonning boshqaruv shaklini aniqlash uchun referendum (ommaviy ovoz berish) o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Mazkur hujjat butun mamlakat bo‘ylab 2021 yil 10-yanvar, yakshanba kuniga referendum tayinlashini nazarda tutadi.

Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, 23 nafar xalqaro kuzatuvchi akkreditasiyadan o‘tkazildi.

Saylovlarni 19 ta mamlakat va to‘qqizta xalqaro tashkilotning 78 nafar xalqaro kuzatuvchisi bevosita kuzatib boradi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari ham saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra,nomzodlar o‘z saylovoldi tashviqotini 15 dekabrdan boshlagan.