• eye Maxsus imkoniyatlar
Ulug‘vor vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi
15.01.2021
1464
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida belgilab berilgan ulug‘vor vazifalarni chuqur o‘rganishga va hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan tadbirlar davom etayotir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida belgilab berilgan ulug‘vor vazifalarni chuqur o‘rganishga va hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan tadbirlar davom etamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida o‘tgan navbatdagi seminar ham ushbu masalaga bag‘ishlandi. Video muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, xodimlari va hududiy saylov komissiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedra mudiri Farrux Igitov hamda Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari Xudoyor Mamatovning ma’ruzalari tinglandi.

Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasida yurtimizda o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar batafsil sarhisob qilinib, 2021 yilda va yaqin istiqbolda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.  O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklarini va manfaatlarini yanada kengroq va to‘laroq ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini bilimli va bunyodkor yoshlar bilan birgalikda barpo etish, ana shu muhim yo‘nalishlarda boshlagan ishlarni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida, 2021 yilga mamlakatimizda «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili», deb nom berildi.

Xalqimizning turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilgan mazkur dasturiy hujjatda milliy saylov tizimida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilda yurtimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylovlarni milliy qonunchilik va umum’etirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuqori darajada tashkil etishga hozirdan alohida e’tibor qaratmoqda. Bunda, o‘tgan saylovlarda orttirilgan milliy tajriba hamda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etish ishlari muhim o‘rin tutadi. Bu boradagi vazifalar Markaziy saylov komissiyasining yaqinda o‘tgan majlisida batafsil muhokama qilinib, amalga oshiriladigan zarur chora-tadbirlar belgilab olingan edi.

Seminarda aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini, elektoral madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.