29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov Xalqaro saylov tizimlari fondining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha boshqaruv dasturlari bosh menejeri Entoni Boyer bilan onlayn muzokaralar olib bordi.
Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) a’zosi G.Rahimova, MSK kotibi X.Mamatov, MSK Kotibiyati Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Ismoilov, Fondning Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori o‘rinbosari A.Kozlova, Dasturning katta xodimi D.Azaryev, Dastur koordinatori Sherri Grirson hamda O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi J.Vaxobov va elchixona kotibi A.Sultonov ishtirok etdi.
Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan Xalqaro saylov tizimlari fondi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Xalqaro saylov tizimlari fondi 1987 yilda tashkil etilgan xalqaro notijorat tashkilotdir. Vashingtonda joylashgan ushbu tashkilot rivojlanayotgan demokratik davlatlarga saylovlarni o‘tkazishda yordam beradi va qo‘llab-quvvatlayli. Fond tomonidan 1987 yildan beri 145 mamlakatga yordam ko‘rsatildi. Hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani, Afrika, Yevroosiyo, Yaqin sharq va shimoliy Afrika va Amerika bo‘ylab o‘ttizdan ortiq mamlakatda o‘z dasturlarini amalga oshirmoqda.
Tadbirda O‘zbekistonda 2019 yili o‘tgan parlament saylovlaridan buyon saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirish, milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish borasida tizimli va samarali ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish natijalari tanqidiy ko‘rib chiqildi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishlarning natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish uchun birinchi marta tahliliy hisobot tayyorlandi.
YeXHT / DIIHB Missiyasi tomonidan taqdim etilgan Yakuniy hisobotda saylovlar takomillashtirilgan qonunchilik va mustaqil fikrlarga nisbatan bag‘rikenglik tamoyillariga binoan o‘tkazilgani ta’kidlangan. 2021 yil O‘zbekistonning siyosiy hayotida muhim siyosiy voqea – prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu esa saylov qonunchiligini takomillashtirish borasidagi ishlarning ahamiyatini yanada oshiradi.
MSK tomonidan bu borada ko‘plab yo‘nalishlarda samarali ishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Saylovchilarni ro‘yxatga olish, saylovchilarga oid ma’lumotlarni qayta ishlash, saylovlarning xavfsizligini ta’minlash, ovozlarni hisoblash va natijalarini e’lon qilish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan saylovchilar va saylov kuzatuvchilari bilan ishlashni o‘z ichiga olgan saylov tartib-taomillari bo‘yicha saylov organlari xodimlarining salohiyatini oshirish shular jamlasidan.
Saylovchilarning aniq va to‘liq ro‘yxatini shakllantirish saylov jarayonlari uchun juda muhimdir. Shuning uchun ham saylovchilarni ro‘yxatga olish tizimi fuqarolarning ovoz berish huquqlarini aniqlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish joiz, MSK uchun saylovchilarni ro‘yxatga olish tizimidagi bo‘shliqlarni aniqlash, saylovchilar ro‘yxati ma’lumotlarining yaxlitligi, shu jumladan ma’lumotlarning tekshirilishi va aholining tizimga bo‘lgan ishonchini oshirish bo‘yicha ishlarni olib borish dolzarb ahamiyatga ega.
Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, saylash va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokiga oid huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida xabardor qilish, saylovlarda ishtirok etishga va saylov kuni ongli qaror qabul qilishiga da’vat etish ham dolzarb masalalardandir. Barcha saylovchilar, shu jumladan ayollar, nogironlar va milliy ozchilik guruhlari uchun teng huquqlarni ta’minlash doimiy e’tiborda.
Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi bilan Xalqaro saylov tizimlari fondi o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, o‘zaro tajriba va fikr almashish mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada jadallashtirish va rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishi