• eye Maxsus imkoniyatlar
Butunjahon saylovlar kuni
04.02.2021
2102
Bugun dunyoda  Butunjahon saylovlar kuni nishonlanmoqda.

Bugun dunyoda  Butunjahon saylovlar kuni nishonlanmoqda.

Yevropa davlatlari saylov tashkilotchilari assosiasiyasi (AOVSE) tashabbusi bilan Butunjahon saylov kuni har yili fevral oyining birinchi payshanbasida nishonlanadi.

Mazkur kunni nishonlash sanasi bejiz tanlanmagan. Aynan shu kuni turli mamlakat va hukumat rahbarlari saylovlar sohasiga oid eng ko‘p xalqaro shartnomalarni imzolaganlar.

Butunjahon saylovlar kunining asosiy maqsadlari jamiyat ongiga demokratlashtirish ortga qaytmaydigan jarayon ekanligini singdirish, saylov jarayonida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish va yosh saylovchilar o‘rtasida demokratik qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishdir.