2021 yil 24 fevralda Xalqaro parlament tadqiqotlari markazi (ICPS) tomonidan «Ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlarini kengaytirish» mavzuida virtual davra suhbati o‘tkazildi. Zoom platformasida tashkil etilgan tadbirda xalqaro tashkilotlar va dunyoning turli mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston saylov organlari vakillaridan iborat 200 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Davra suhbatida ma’ruzachilar saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayoni ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha fuqarolarning saylov huquqini ta’minlashda va “bir saylovchi, bitta ovoz, bitta qadriyat” tamoyilini amalga oshirishda o‘ta muhim ekanini ta’kidladilar. Saylovchilar ro‘yxati inklyuziv, aniq va keng qamrovli bo‘lishi va uning jarayonlari barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash saylovni boshqarish organlarining vazifasidir.
Tadbirda Hindiston, AQSH, Kanada mamlakatlarining mazkur masala yuzasidan tajribasi haqida so‘z yuritildi.