• eye Maxsus imkoniyatlar
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi
01.03.2021
1618
1 mart kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. MSK rahbariyati va a’zolari, mas’ul xodimlar ishtirok etgan majlis kun tartibidan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish masalasi o‘rin oldi.

Majlisda Namangan viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha 2021 yil 26 fevral kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Shavkat Shokirdjanovich Abdurazakovni hamda Farg‘ona viloyatida 2021 yil 27 fevral kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Xayrullo Xayitbayevich Bozarov va Manzura Alimovna Salimovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Majlisda MSK vakolatiga taaluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati