• eye Maxsus imkoniyatlar
Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
12.03.2021
2169
2021 yil 12 mart kuni MSK raisi Z.Nizamxodjayevning Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Kristine Berzinya bilan bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2021 yil 12 mart kuni MSK raisi Z.Nizamxodjayevning Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Kristine Berzinya bilan bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda, Latviya MSK Xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Tatyana Kastena, O‘zbekiston tomonidan MSK a’zosi G.Rahimova va MSK Kotibiyati xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi maslahatchisi I.Ubaydullayeva ishtirok etdi.

 

Uchrashuv ikki davlatning saylovlar tizimidagi islohotlar va saylov organlari faoliyati bilan tanishish maqsadida tashkil etildi.

 

Kristine Berzinya Z.Nizamxodjayevni O‘zbekiston Respublikasi MSK raisi lavozimini egallaganligi bilan tabriklab, iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

 

MSK raisi o‘z navbatida so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston saylov tizimidagi o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berib, 2019 yil parlament saylovlarini tashkillashtirish va o‘tkazishda olib borilgan faoliyatni tanqidiy nuqtai nazardan o‘rgangan holda tahliliy axborot, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha takliflar keng jamoatchilikka e’lon qilinganligi haqida qayd etib o‘tdi.

 

Shuningdek, joriy yilning fevralida qabul qilingan “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatiga  to‘xtalib o‘tildi.

 

O‘z navbatida K.Berzinya Latviya MSK tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan joriy yilning 5 iyunida bo‘lib o‘tadigan mahalliy hokimiyat organlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish borasida Latviya qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirib o‘tdi. Xususan, saylovlarda birinchi marotaba saylov uchastkalarida saylovchilarning onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilishi rejalashtirilganligi hamda chet eldagi Latviya fuqarolarining pochta orqali ovoz berishlari borasidagi o‘zgarishlar xususida so‘z yuritdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik va aloqalarning mustahkamlanishidan mamnun ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati