2021 yil 11 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasining 448 ta Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.
Saylovlarga tayyorgarlik jarayonlarini O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari ham bevosita kuzatib bormoqda. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi a’zosi S.Kurbankulovlar saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar va ovoz berish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bilan tanishishdi.
Qirg‘iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi Qirg‘iz Respublikasi Mahalliy Kengashlari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun 425 243,5 ming som miqdoridagi xarajatlar smetasini tasdiqladi.
Qirg‘iz Respublikasi Mahalliy Kengashlariga deputatlar saylovini o‘tkazish uchun 53 ta hududiy saylov komissiya faoliyati ishga tushuriladi va 2 273 ta saylov uchastkasi tuzildi.
Qirg‘iz Respublikasi Mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlarida Qirg‘iz Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi tomonidan “Tizme” davlat saylovchilar portalida - https://tizme.gov.kg/ saylovchilarning ro‘yxatlari shakllantiriladi hamda joylashtiriladi.
2021 yil 11 mart kun holatiga saylovchilar ruyxatiga kiritilgan saylovchilar soni 3 mln 308 ming 813 nafarni tashkil etmoqda. 2021 yil 10 mart holatiga ko‘ra saylovchilarning dastlabki ro‘yxati bilan taqqoslaganda o‘sish 4328 nafar saylovchini tashkil etadi.