Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov va MSK a’zosi S.Kurbankulovlar Qirg‘iz Respublikasiga tashrifi doirasida MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Bosh kotibi D.Kobiskiy bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida D.Kobiskiy Qirg‘izistondagi kuzatuvga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirar ekan, MDH Parlamentlararo assambleyasi monitoring guruhiga Hamdo‘stlik mamlakatlari parlamentariylari va MDH PA Kotibiyatining tajribali kuzatuvchilari kiritilgani hamda kuzatuv geografiyasi sezilarli darajada kengaytirilganligini qayd etib o‘tdi. MSK raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov o‘z so‘zida Qirg‘iziston Respublikasi saylovlar va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha tajribasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bahrom Qo‘chqorov MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilariga O‘zbekiston Respublikasida mamlakat uchun muhim voqea - 2021 yil oktabrdagi prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Tomonlar ushbu masala yuzasidan parlamentlar, davlat idoralari, ekspertlar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etish masalasini muhokama qildilar.