2021 yil 11 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasining 448 ta Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitusiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Qirg‘iz Respublikasida tuzilgan 2 435 ta saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari 8:00da boshlangan. Umimiy hisobda ovoz berish jarayonlari 2 483 ta saylov uchastkasida bo‘lib o‘tmoqda.
Ovoz berish jarayonlarini O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari xalqaro tashkilotlar tarkibida ham kuzatuvchi sifatida qatnashmoqdalar.
Soat 18:00 holatiga saylovda ishtirok etganlarning umumiy soni 1 024 891 nafarni tashkil etmoqda.
Ovoz berish jarayonlari soat 20:00 gacha davom etadi.