Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqishda uchta muhim masalaga alohida e’tibor qaratildi.
Birinchidan, 2019 yilda bo‘lib o‘tgan Parlament va mahalliy kengashlar saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida kaskad usulida tashkil etilgan seminar-treninglar davrida ortirilgan ijobiy tajriba hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi hamda ushbu tajribadan eng maqbul, ijobiy amaliyotga tayanildi.
Ikkinchidan, o‘tgan saylovlarni kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar, xorijiy tashkilotlar missiyalari, jumladan YeXHT IHBB Missiyasining yakuniy xulosalarida bildirgan e’tirozlari, taklif va tavsiyalari chuqur tahlil qilindi hamda saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tanlab olish, ularning saylov qonunchiligi va xalqaro saylov standartlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada yuksaltirishda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan masalalar yuzasidan bildirgan takliflari inobatga olindi.
Uchinchidan, 2019 yilda o‘tkazilgan seminar-treninglarni o‘tkazishda faol ishtirok etgan Respublika trenerlari, mazkur seminar-treninglarni tashkil etishda ishtirok etgan mamlakatimizning nufuzli Oliy ta’lim tashkilotlari va boshqa vazirlik, idoralarda faoliyat olib borayotgan saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha mahalliy olimlar, ekspertlarning taklif va tavsiyalari inobatga olindi.
Markaziy Saylov Komissiyasi Kotibiyat rahbari Xudoyor Mamatov