• eye Maxsus imkoniyatlar
“Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyili
28.04.2021
1544
Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasida va uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan Kelishuvda “Bir saylovchi – bir ovoz” qoidasini amalda qo‘llashga e’tibor qaratilgan.

Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasida va uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan Kelishuvda “Bir saylovchi – bir ovoz” qoidasini amalda qo‘llashga e’tibor qaratilgan.

 

Bunga qanday erishish mumkin?

 

Ma’lumki, so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, mamlakatimiz  milliy saylov tizimiga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatining shakllantirilishi  ana shunday maqsadga xizmat qiladi.

Ammo, millionlab saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish – masalaning bir tomoni. Eng muhimi - uni amalda qo‘llay olish.

Saylov komissiyalari a’zolarini ana shu tizimda ishlash bo‘yicha trenerlar tayyorlash va saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarning malakasini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshiriladi.

Ya’ni, AKT vazirligi tizimining 30 nafar yuqori malakali mutaxassislaridan iborat respublika trenerlari tarkibi shakllantiriladi va Toshkent shahrida tayyorlanadi.

Hududlarda esa ushbu yo‘nalishda  797 nafar hududiy trenerlar tarkibi shakllantiriladi. Boshqacha aytganda, Respublika trenerlari hududiy  trenerlarning malakasini oshirishda ko‘maklashadi.

Xullas, trenerlarni tayyorlash va saylov komissiyalarining malakasini oshirish shu tartibda quyigacha davom ettiriladi.

Shunday qilib, tuman (shahar)lar markazlarida uchastka saylov komissiyalari  a’zolari orasidan SYER va SJBAT uchun mas’ul bo‘lgan jami  22 ming nafarga yaqin kishining malakasi oshiriladi.

Bunday tizimli ishlarning barchasi Prezident saylovini milliy saylov qonunchiligi va umum e’tirof etilgan saylov standartlari asosida ochiq, oshkora va shaffof o‘tkazishga xizmat qiladi.

Iroda KENJAYEVA,

Markaziy saylov

komissiyasining a’zosi

(Buxoro viloyati)