• eye Maxsus imkoniyatlar
Prezident sayloviga tayyorgarlikning muhim bosqichi
29.04.2021
1734
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi tsadiqlandi. O‘sha kuni yana bir hujjat - Markaziy saylov komissiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida mazkur Konsepsiyani amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv ham imzolandi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi tsadiqlandi. O‘sha kuni yana bir hujjat - Markaziy saylov komissiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida mazkur Konsepsiyani amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv ham imzolandi.

Mazkur Kelishuv joriy yilda mamlakatimizda  bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi va saylovoldi jarayonlarini qonunda belgilangan tartibda, yuqori saviyada tashkil etish uchun saylov jarayoni ishtirokchilarining ijtimoiy-siyosiy sohaga oid bilimi va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish, saylovchilar va saylov tashkilotchilarining amaldagi saylov institutlariga ishonchini mustahkamlash hamda ularda daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish maqsadida ko‘p tomonlama manfaatli o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida Davlat boshqaruvi akademiyasida saylov komissiyalari a’zolari va saylov jarayonining boshqa tashkilotchilari malakasini oshiruvchi respublika trenerlari uchun 6 maygacha davom etadigan seminar-treninglar boshlandi.

Tadbirning ochilishida Markaziy saylov komissiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

“Saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tayyorlash va malakasini oshirishga bu yil butunlay yangicha yondoshilmoqda, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev. – Bu yondoshuvning o‘ziga xosliklaridan biri shundaki, ushbu jarayonda saylov tashkilotchilarining na faqat malakasini oshirish, balki mashg‘ulotlar barcha  bosqichlarining qat’iy monitoringi ham yuritiladi”.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi trenerlarga zimmasiga yuklangan bunday sharafli va mas’uliyatli vazifalarni chin vijdon, yorug‘ yuz va ulkan sadoqat bilan bajarishida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Seminar-trening Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturi va  o‘quv-metodik materiallar asosida aynan shu ekspertlar tomonidan olib borilmoqda.

Davlat boshqaruvi akademiyasida boshlangan ushbu seminar-treninglar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni tashkilotchilarining saylov qonunchiligi bo‘yicha malakasini oshirish tizimining dastlabki bosqichi bo‘lib, bu kabi keng qamrovli mashg‘ulotlar butun respublika bo‘ylab bir necha bosqichda o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi pirovardida  mamlakatimizda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini yuksak saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati