• eye Maxsus imkoniyatlar
Respublika trenerlari hamda mas’ul shaxslar uchun tashkil etilgan seminar-treninglar yakunlandi
06.05.2021
1596
28 aprel - 6 may kunlari Davlat boshqaruvi akademiyasida saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar va saylov jarayoni boshqa tashkilotchilarining malakasini oshirishda mas’ul bo‘lgan respublika trenerlari hamda mas’ul shaxslar uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

28 aprel - 6 may kunlari Davlat boshqaruvi akademiyasida saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar va saylov jarayoni boshqa tashkilotchilarining malakasini oshirishda mas’ul bo‘lgan respublika trenerlari hamda mas’ul shaxslar uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturi va u asosida tayyorlangan o‘quv-metodik materiallar asosida aynan shu ekspertlar tomonidan olib borildi. 

O‘quvlarda Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar xodimi ham ishtirok etib, o‘zining saylovga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tgan ushbu seminar-treninglar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni tashkilotchilarining saylov qonunchiligi bo‘yicha malakasini oshirish tizimining dastlabki bosqichi bo‘lib, bu kabi keng qamrovli o‘quvlar butun respublika bo‘ylab bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi.

Endigi bosqichda  Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan 56 nafar respublika trenerlari har bir hududga 4 nafardan taqsimlanadi. Taqsimot asosida ular tomonidan 13-29 may kunlari 824 nafar hududiy trenerlar hamda o‘quvlarni tizimli tashkil etish va muvofiqlashtirishga jalb qilingan 346 nafar hududiy mas’ullar uchun ikki kunlik seminar-treninglar o‘tkaziladi. 156 nafar okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar esa Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan Toshkentda o‘qitiladi.

O‘quvlar butun respublika bo‘ylab bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati