• eye Maxsus imkoniyatlar
Saylov qonunchiligi va amaliyotini o‘rganish: ulkan qiziqish va yuksak samaralar
17.05.2021
1534
Butun mamlakatimiz bo‘ylab - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  17-29 may kunlari o‘tkazish mo‘ljallangan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Butun mamlakatimiz bo‘ylab - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  17-29 may kunlari o‘tkazish mo‘ljallangan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.

O‘zbekiston Resublikasi Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 27 aprelda tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasiga muvofiq o‘tkazilayotgan ushbu mashg‘ulotlar saylov komissiyalari a’zolariga “Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyiliga qat’i amal qilish, saylovchi shaxsan o‘zi ovoz berishining ahamiyatini keng tushuntirish, shuningdek, ularning saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanish tartibi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Hududlarda boshlangan seminar-treninglarda Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan 56 nafar respublika treneri har bir hududga to‘rt nafardan taqsimlangan holda viloyatlardagi 936 nafar hududiy trener, 346 nafar saylov tashkilotchilari uchun 17-22 may kunlari mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Tayyorlangan hududiy trenerlar keyin tuman va shaharlarga taqsimlanib, iyun-sentyabr oylarida, Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida, uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga 32 mingdan ortiq nomzod uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Mazkur o‘quvlar tuman (shahar) markazlarida tanlab olingan saylov uchastkalari uchun ajratilgan binolarda 15-21 nafarlik kichik guruhlarda interaktiv usullarda ikki kun mobaynida tashkil etiladi.

Diqqatga sazovor yana bir jihati shundaki, o‘quv jarayonida foydalanish uchun trenerlarga o‘quv dasturining har bir mavzusi bo‘yicha yuqori malakali ekspertlar tomonidan 15-20 daqiqalik videodarslar tayyorlangan. Saylov jarayonining asosiy bosqichlari videoroliklar ko‘rinishida ifoda etiladi va o‘quv jarayoni tinglovchilariga yetkaziladi.

Shuni ta’kidlash joiz, MSK a’zolarini hududlarga biriktirish orqali seminar-treninglarni samarali tashkil etish uchun tashkilotchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish, o‘quv jarayonlarini monitoring qilish, aniqlangan xato-kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rib boriladi.

So‘z – seminar-trening ishtirokchilariga:

“Saylov - katta siyosiy tadbir,  - deydi Namangan viloyatida o‘tayotgan seminar-trening ishtirokchisi Zuhriddin Siddiqov. - Uni millliy saylov qonunchiligi va umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida, ochiq, oshkora va demokratik  prinsiplarga muvofiq o‘tkazish avvalambor, siyosiy barkamollik va saylov qonunchiligini puxta bilishni talab qiladi.  Shu bois, mazkur o‘quv seminarlarining bunday keng ko‘lamda  tashkil etilishi saylov ishtirokchilari va tashkilotchilarining bilimini mustahmalash va ko‘nikmalarni oshirishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega”.

“Saylov tashkilotchilarining malakasini oshirishdek mas’uliyatli  ishga bu yil butunlay yangicha yondoshilayotgani, ayniqsa, intraktiv  usullar, zamonaviy axborot texnologiyalari va olingan bilimni amalda sinab ko‘rish imkoniyatlaridan samarali foydlananilayotgani mashg‘ulotlarning birinchi kunidayoq barcha tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, - deydi Elmurod Olimov. - Seminar–treninglar g‘oyat qiziqarli, savol-javob va muhokamlarga boy bo‘layotir. Buning sababi  mashg‘ulotlarning saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar va ekspertlar tomonidan olib borilayotganligi bilan ham bog‘liqdir”.

“Hududlarda boshlangan seminar-treninglar Prezident sayloviga, milliy saylov qonunchiligi va unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni o‘rganishga jamoatchilikda qiziqish g‘oyat katta ekanligini ko‘rsatmoqda, - deydi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri B.Toshev. – Bu - barcha darajadagi saylov tashkilotchilari saylovga tayyorgarlik ko‘rishga astoydil kirishganidan dalolatdir. Bu, ayni paytda, mamlakatimizda xalqimiz foravonligini yanada oshirish, Vatanimizning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini yanada yuksaltirishni  ko‘zlab, amalga oshirilayotgan  dadil islohotlar, aholining ertangi kunga bo‘lgani qat’iy ishonchining yorqin ifodasi hamda yuksak samaralaridir”.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati