Joriy yilning 20 iyun kuni Armaniston Respublikasi Milliy Majlis deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi, jumladan Markaziy saylov komissiyasi vakillari MDH, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va YeXHTning Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilar missiyalari tarkibida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun Yerevan shahriga jo‘nab ketdi.
Armaniston Respublikasi parlamenti besh yillik muddatga saylanadigan 101 nafar a’zodan iborat tarkibda saylanadi. Mamlakatda 2,6 millionga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan.