Armanistonda 20 iyun kuni o‘tgan parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi. Armaniston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda vaqtinchalik Bosh vazir vazifasini bajarib turgan Nikol Pashinyan rahbarligidagi «Fuqarolar kelishuvi» partiyasiga saylovchilarning yarmidan ko‘pi ovoz bergan. Pashinyan partiyasiga 53,92 foiz, «Armaniston» guruhiga esa 21,04 foiz saylovchilar ovoz bergan.
Armaniston Respublikasida o‘tgan Milliy Majlis deputatlari saylovida O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi, jumladan Markaziy saylov komissiyasi vakillari MDH, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va YeXHTning Demokratik institutlar va inson huhuqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilar missiyalari tarkibida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.