• eye Maxsus imkoniyatlar
Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov bo‘lib o‘tdi
21.06.2021
1433
20 iyun kuni Samarqand viloyatining Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik  o‘rinlariga  saylov o‘tkazildi.

20 iyun kuni Samarqand viloyatining Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik  o‘rinlariga  saylov o‘tkazildi. Tumanning 7- Galaravot, 23- Kumushkent,  26- Navoiy saylov okruglarida ovoz berish jarayonlari soat 8:00dan 20:00ga qadar davom etdi.

Shuningdek, Navoiy viloyatning Xalq deputatlari  Gʻozg‘on shahar Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik  o‘rinlariga ham saylov bo‘lib o‘tdi.

Ovoz berish jarayonida saylovchilar va saylov tashkilotchilari kasallik yuqtirib olishining oldini olish maqsadida saylov tadbirlari sanitariya-epidemiologik va tibbiy nuqtai nazardan xavfsizlik talablariga to‘la amal qilingan holda amalga oshirildi. Barcha qatnashchilar himoya vositalari va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlandi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati