• eye Maxsus imkoniyatlar
Jurnalistlar bilan uchrashuv
23.06.2021
1482
"Zo’r TV” telekanali tomonidan  “Bu kun” axborot dasturining Toshkent shahri va viloyatlardagi muxbirlari uchun joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘lik jarayonlarda jurnalistlar  ishtirokiga bag‘ishlan seminar tashkil etildi.

"Zo’r TV” telekanali tomonidan  “Bu kun” axborot dasturining Toshkent shahri va viloyatlardagi muxbirlari uchun joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘lik jarayonlarda jurnalistlar  ishtirokiga bag‘ishlan seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi Baxodir Yunusov Prezident saylovi mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Mamlakatimiz saylov tizimini isloh qilish va yanada demokratlashtirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash, milliy qonunchiligimizni saylov huquqiga oid xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilayotir.  Joriy yilning 8 fevral va 31 may  kunlari saylov qonunchiligiga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir yangi qonunlarning qabul qilinishi saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirilishda muhim omil bo‘ladi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilingan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi va uning ijrosini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda izchillik bilan  ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda mamlakatimiz saylov komissiyalari tizimi, Markaziy saylov komissiyasi,  okrug va uchastka saylov komissiyalarining vakolatlari, saylovchilar ro‘yxatini tuzish, saylov oldi tashviqoti va  jurnalistlarni saylov komissiyalarida akkreditasiyadan o‘tkazish haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Prezident saylovi jarayonlarini OAVda, jumladan, “Zo’r TV”   orqali shaffoflik, ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida yoritish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati