• eye Maxsus imkoniyatlar
Prezident saylovining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va xorij mamlakatlar tajribasi
01.07.2021
1487
Xabar berilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi ko‘magida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Barqaror rivojlanish markazi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Guliston shahrida “Prezident saylovining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va xorij mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda parlament, sud tizimi, Markaziy saylov komissiyasi, mamlakatning yetakchi ilmiy-tahliliy markazlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati instituti mutasaddilari, qolaversa, BMT Taraqqiyot dasturi, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va Inson huquqlari bo‘yicha Byurosi hamda Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

Xususan, Markaziy saylov komissiyasi Raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorov milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementasiya qilinayotgan xalqaro standartlar hamda tavsiyalar yuzasidan so‘z yuritdi.

Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar tomonidan universal va mintaqaviy hujjatlarda qayd etilgan saylov huquqining xalqaro standartlari, saylov jarayonida saylovchilar va nomzodlarning ishtirokini kengaytirish uchun fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan samarali axborot kampaniyasini tashkil etish va o‘tkazish, Prezident saylovida xalqaro kuzatuv: MDH PA ishtirokchi davlatlar tajribasi kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.