• eye Maxsus imkoniyatlar
Seminar-treninglarning nabatdagi bosqichiga start berildi
05.07.2021
1846
Joriy yilning 12 iyuldan 8 avgustgacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi asosida bo‘lib o‘tadigan seminar-treninglarning 2-bosqichiga start berildi. Ushbu bosqichdagi o‘quvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 5-6 iyul kunlari DBA va TDYU ekspertlari tomonidan keyslar asosida dars mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyalari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Seminar-treningning maqsadi – saylov jarayonining asosiy tashkilotchilari bo‘lgan saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarining malakasini oshirishga jalb etilgan respublika va hududiy trenerlar, shuningdek ularga uslubiy ko‘maklashish va hududlarda malaka oshirish sifatini monitoring qilish bo‘yicha shakllantirilgan guruhlarning saylov qonunchiligi va jarayoni bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Seminar-trening Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturi va u asosida tayyorlangan o‘quv-metodik materiallar asosida aynan shu ekspertlar tomonidan olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7-23 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida saylov jarayoni ishtirokchilarini o‘qitish bo‘yicha tuman (shahar)lar darajasida bo‘lib o‘tgan 1-bosqich seminar-treninglarda jami 32 715 nafar USK raisi, rais o‘rinbosari va komissiya kotiblari lavozimlariga nomzodlar malaka oshirgan edi.

Bugun o‘z ishini boshlagan  2-bosqichda 32 ming nafardan ortiq uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar reja-grafik asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, respublika va hududiy trenerlar tomonidan yuqorida qayd etilgan asosiy kontingentdan tashqari 9 ming nafardan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi, 9 ming nafardan ortiq profilaktika inspektori, 54 ming nafardan ziyod siyosiy partiyalar kuzatuvchilari uchun ham turli shakllarda malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bunda o‘quvlarning umumiy qamrovi 240 ming nafardan ortiq kontingentni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati