• eye Maxsus imkoniyatlar
Ommaviy axborot vositalari diqqatiga: Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish davom etmoqda
16.08.2021
2164
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari – Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tkaziladi.

 

Akkreditatsiyadan o'tgan OAV vakillari saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo'lish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog'ida hozir bo'lish va kuzatish huquqiga ega.

Akkreditatsiyadan o'tkazish to'g'isidagi murojaatlar 2021-yil 14- oktabr soat 18:00 gacha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Akkreditatsiyadan o'tish istagidagi O'zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari kerak:

- akkreditatsiyadan o'tkazish to'g'risidagi Markaziy saylov komissiyasiga yozilgan murojaat (ariza). Murojaat OAV (tashkilot) rasmiy blankasida taqdim etiladi va rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. Murojaatda akkreditatsiyadan o'tkaziladigan OAV vakilining (xodimining) famiyaliyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko'rsatiladi. Vakillar soni ko'p bo'lsa ularning ro'yxati murojaatga ilova qilinishi mumkin;

- akkreditatsiyadan o'tkaziladigan vakilning (vakillarning) shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport, ID karta);

- 3x4 sm hajmdagi 1 dona fotosurat yoki jpg formatda bo'lgan elektron shakldagi fotosurat.

Ommaviy axborot vositasining ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etilishi maqsadga muvofiq.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tkaziladi.

Xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish uchun  Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiriladi:

- akkreditatsiyadan o'tkazish to'g'risidagi Markaziy saylov komissiyasiga yozilgan murojaat (ariza). Murojaat Tashqi ishlar vazirligida akkerditatsiyadan o'tgan xorijiy OAV muxbirlik punkti (byurosi, ofisi) rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak. Murojaatda akkreditatsiyadan o'tkaziladigan OAV vakilining (xodimining) familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko'rsatiladi. Vakillar soni ko'p bo'lsa ularning ro'yxati murojaatga ilova qilinishi mumkin;

- akkreditatsiyadan o'tkaziladigan vakilning (vakillarning) shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport);

- 3x4 sm hajmdagi 1 dona fotosurat yoki jpg formatda bo'lgan elektron shakldagi fotosurat.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o'tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasini taqdim etish maqsadga muvofiq.

Hujjatlar qog'oz va elektron shaklda qabul qilinadi.

Pochta manzil: 100047, Toshkent sh., To'ytepa ko'chasi, 2a-uy.

Elektron shakldagi hujjatlarni yuborish uchun elektron pochta manzili: saylov@umail.uz

Murojaat uchun telefon: +998 (71) 239-15-72