266 nafar Okrug saylov komissiyalari raisi, rais o'rinbosari, kotibi hamda a'zolar ishtirok etgan treninglarda Okrug saylov komissiyalari faoliyatini tashkil qilish, Okrug va USK binolari va ovoz berish xonalarini jihozlash, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, saylovni o'tkazuvchi saylov komissiyalari vakolat va vazifalari, saylovchilar ro'yxati bilan ishlash kabi mavzularda mashg'ulotlar olib borildi.
Bugun, 19-avgust kuni Markaziy saylov komissiyasida bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 14 ta okrug saylov komissiyalari raislariga guvohnomalar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari muxri va konselyariya mahsulotlari topshirildi.
MSK rahbariyati va a'zolari, OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda saylov qonunchiligidagi o'zgarish va yangiliklar xususida atroflicha so'z yuritildi.
Saylov kodeksining 21-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o'rinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz — o'n sakkiz nafar boshqa a'zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o'tkazish bo'yicha okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Okrug saylov komissiyasining a'zolari jamoatchilikning obro'-e'tiborli vakillari orasidan tasdiqlanadi.
Ta'kidlanganidek, saylov jarayonlarini qonuniy, adolatli, xolis va yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazishda Okrug saylov komissiyasining a'zolari o'rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati