– Bu mukofotni aynan mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida olganimdan baxtiyorman. “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar tom ma’nodagi jonkuyar, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga xizmati singgan, elu yurt orasida hurmat-e’tiborga sazovor fidoyi insonlardir. O‘ylaymanki, ushbu mukofot yanada kuch-g‘ayrat berib, ishtiyoq bilan ko‘proq ishlashga undaydi.
Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Suyarjon Qurbonqulovni ushbu yuksak unvon bilan muborakbod etib, ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.