• eye Maxsus imkoniyatlar
Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylangan Davron Xidoyatovga ko‘krak nishoni va guvohnoma topshirildi
27.08.2021
1648
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 24 avgust kuni Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan edi. 



Majlisning yashirin ovoz berish jarayonlari natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati xokimi, 47-Nurafshon okrugidan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.


Shu munosabat bilan, 27 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev tomonidan Oliy Majlis Senati a’zosi Davron Xidoyatovga ko‘krak nishoni va guvohnoma topshirildi.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati